Aviahalokat qurboni bölgan futbolçi Emiliano Sala jasadi suratlarining internetda e'lon qilinişi uçun ikki kişi qamoq jazosi oldi. 

Metro.co.uk naşri ma'lumotlariga köra, suratlarda futbolçi jasadining 7 fevralda Dorsetdagi ölikxonada yorilişi aks etgan. Ölikxonadagi kameralarni kuzatiş uçun javobgar kompaniyaning sobiq direktori  Kristofer Eşford 5 oylik, yana bir ayblanuvçi Şerri Brey 14 oylik qamoq jazosi olgan. Ularning ikkisi kompyuter materiallariga noqonuniy kirişganini tan olişgan. 

Sala 19 yanvarda “Nant” fransuz klubidan Uelsning “Kardiff Siti” klubiga ötgan. 22 yanvarda futbolçi yangi jamoasiga yöl olgan bir motorli Piper Malibu samolyoti La-Manş böğozi ustidan uçib ötayotganda yöqolib qolgandi. Samolyot 3 fevralda böğoz tubida aniqlangan. Uning bölaklari orasida futbolçining jasadi topilgan. Politsiya ekspertizadan söng jasad Salaniki ekanligini tasdiqlagan. Keyinroq samolyot halokatga uçraşdan oldin Sala va uçuvçi is gazidan zaharlangani ma'lum qilingan.