Anvariy evakuatsiya vaqtida mamlakatdan qoçişga uringanida halok bölgan. Sportçi AQŞning harbiy-transport samolyoti C-17A şassisiga osilgan kuyi mamlakatni tark etişga uringanlar orasida bölgan. Keyinroq uning tanasi bölaklari şassi bölinmasidan topilgan.
Zakariyoning aytişiça, uning oilasi ukasining xorijga qoçişiga qarşi bölgan, biroq u telefon orqali deyarli samolyotga çiqa olganini aytgan. 15 daqiqadan keyin esa uning telefonidan noma'lum şaxs qönğiroq qilib, sportçining ölganini ma'lum qilgan.
Şundan keyin Anvariyning yaqinlari Kobul aeroportiga kelişgan, biroq uning jasadini 2 kundan keyin topa olişgan. Futbolçining oilasi bunda amerikalik harbiylarni ayblamoqda. Zakariyoning ta'kidlaşiça, harbiylar odamlarni samolyotlar yoniga qöymasligi kerak edi.
U Afğoniston hukumati va xalqaro hamjamiyatdan ukasi va boşqa afğonlarning aeroportda halok bölişini tergov qilişni talab qilgan.
16 avgustda Kobul aeroportidagi talatöplar çoğida bir qança afğonistonliklar aeroportdan uçayotgan AQŞ harbiy samolyotiga taşqi tomondan çirmaşgan holda mamlakatni tark etişga uringan. Biroq ular yuqori tezlikda uçuvçi samolyotning şassisi va korpusini uzoq vaqt davomida uşlab tura olişmagan va natijada katta balandlikdan yerga qulab halok bölişgan.









