Italiyalik sobiq futbolçi, 10 dekabrda 64 yoşida vafot etgan Paolo Rossining uyi uning 12 dekabrda Viçensada ötgan dafn marosimi vaqtida tönab ketildi. Bu haqda 1982 yilgi jahon çempionati qahramonlaridan biri bölgan futbolçining rafiqasi ma'lum qildi.    

Ansa axborot agentligining xabar berişiça, Rossining rafiqasi Federika Kappelletti dafn marosimidan qaytgaç, Toskanadagi uyiga öğri tuşganini aniqlagan. Öğirlangan buyumlar orasida Rossiga tegişli bölgan qimmatbaho soatlar va naqd pul bölgan. Uy tönab ketilgani haqida darhol politsiyaga ma'lum qilingan. Politsiya öğrilik yuzasidan jinoyat işi qözğatib, tergovni boşlab yuborgan.  

Rossi barça zamonlarning eng yaxşi hujumkor öyinçilaridan biri sifatida futbol tarixiga kirgan. Marhum futbolçi 1982 yilgi jahon çempionatida Italiya terma jamoasi safida ğalaba qozongan va musobaqaning eng yaxşi öyinçisi deb tan olingan. U klublar darajasida “Viçensa”, “Yuventus”, “Milan”, “Verona”, “Komo” uçun töp surgan.

12 dekabr Viçensada futbolçini oxirgi manziliga kuzatib qöyiş uçun minglab odamlar töplandi. Dafn marosimidan oldin marhum futbolçining tobuti “Romeo Menti” stadioniga vidolaşiş uçun qöyildi. 

Italiyada 12 dekabrda ötgan futbol uçraşuvlari Rossi xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlaş bilan boşlandi. Bu vaqtda stadionlardagi ekranlarda Rossining surati va “Qahramonlar heç qaçon ölmaydi!” hamda “Çao, Paolo!” yozuvlari aks etib turgan.