Kun.uz tahririyatiga Qaşqadaryo viloyati, Çiroqçi va Ğuzor tumanlarida 2017 yilda qurilgan namunali uylarda istiqomat qilib kelayotgan fuqarolardan murojaat kelib tuşdi. Tahririyat muxbirlari arznomani joyiga borib örganiş maqsadida uşbu viloyatga xizmat safari uyuştirdi.  

Çiroqçi tumanidagi yangi namunali uylar qurilgan köçaga kirib borar ekanmiz, yerga asfalt yotqizilmaganiga guvoh böldik. Yomğir yoğganligi sababli töplanib qolgan suv va loyni keçib ötişimizga töğri keldi. Vaholanki, bu hududda fuqarolar istiqomat qilişni boşlaganiga 2 yildan oşgan.

Biz bilan suhbatlaşgan fuqarolar tez-tez öçib tursa-da, elektr energiyasi va suv ta'minoti mavjudligini bildirişdi. Ammo fuqarolarning hukumatdan bir iltimosi, gaz muammosini hal qiliş masalasidir. Ularga köra, köçib kelgan yillari boriga şukur qilib, imkoni borlar ötin-kömir, imkoni yöqlar elektr peçkalar bilan uylarini isitişgan. 2018-2019 yil qiş mavsumida elektr energiyasi tez-tez uzilmoqda. Şu boisdan ham, uyning barça xonalarini elektr yordamida isitiş mumkin bölmayapti. Buning oqibatida yoş bolali, qariya va nogironlar istiqomat qiluvçi oilalar bir xonaga qamalib qolişga majbur bölmoqda. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Bizda ikki oyda bir marotaba 20 ming sömdan gaz balonimizni töldirib beradi. Lekin u ikki oyga yetmaydi, uni peçkaga işlatadigan bölsak, uç kunga ham yetmaydi. Biz tejab-tergab faqat ovqat uçun işlatamiz, şunda ham yetmaydi. Söng özimiz erkin narxda 15 litrini 45 ming sömga töldiramiz yoki 55 ming sömdan gaz balonni almaştiramiz. 20 yil kvartirada yaşab, qiynalsak ham işlab, tölovini qilib, yaxşi umidlarda şu uyni olgan edik. Endi gazdan qiynalmaymiz, yangi uyda yaşaymiz, deb köçib keldik. Kömir yordamida isiyotgan peçkadan çiqayotgan tutundan hozir bu uylarni yangi demaysiz»,- deydi namunali uylarda istiqomat qiluvçi ayol.