Özbekiston boks federatsiyasining birinçi vitse-prezidenti, amalda federatsiyaga rahbarlik qilib kelgan Şerzod Toşmatov iste'foga çiqariladi.

Kun.uz’ning Milliy olimpiya qömitasidagi manbasi ma'lumot berişiça, 2 fevral kuni qömitada yiğiliş bölib ötadi va Şerzod Toşmatov vazifasidan ozod etilib, uning örniga yangi vitse-prezident tayinlanadi.

Manbaning aytişiça, bu lavozimni endi yirik tadbirkor Saken Jyetibayeviç Polatov egallaydi.

Saken Polatov
Foto: Kun.uz

Ma'lumot uçun, Saken Polatov 1975 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, Toşkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Oilali, 4 nafar farzandi bor. U uzoq yillardan buyon Toşkentning «Lokomotiv» klubi tizimida faoliyat körsatib keladi.

Qayd etiş kerakki, Boks federatsiyasi prezidenti rasman boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov hisoblansa-da, federatsiyani amalda birinçi vitse-prezident boşqaradi.

Şerzod Toşmatov
Foto: Boks federatsiyasi

Amaldagi vitse-prezident Şerzod Toşmatov boşqaruvi davrida (u 2014 yil noyabridan buyon boks federatsiyasida rahbarlik lavozimlarida işlab keladi) özbekistonlik boksçilar xalqaro maydonlarda yuqori natijalar qayd etişdi va Özbekiston bu sportda gegemon terma jamoalardan biriga aylandi. 2016 yilning yozida Rio-de-Janeyro Olimpiadasida jami 7ta medal bilan birinçi bölgan özbekistonliklar terma jamoasi, 2017 yilda Toşkentda ötkazilgan Osiyo çempionatida 10ta medal, 2018 yilgi Osiyo öyinlarida 7ta medal olib, tengsiz bölişdi.