Şerzod Toşmatov 2014–2019 yillarda Özbekiston boks federatsiyasi birinçi vitse-prezidenti sifatidagi faoliyati bilan sport jamoatçiligi e'tiboriga tuşgan. 2016 yilgi Rio olimpiadasida özbek boksçilari 7 ta medalni qölga kiritgan edi.

Funksioner ayni paytda Özbekiston MMA assotsiatsiyasi raisi örinbosari sifatida ham faoliyat yuritadi. Şuningdek, u 2010 yildan buyon Osiyo havaskor muaytay federatsiyasi vitse-prezidenti hisoblanadi.

Şerzod Toşmatov 1979 yil 5 iyun kuni Toşkent şahrida tuğilgan. Millati özbek. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2009–2010 yillarda dastlab Özbekiston havaskor va professional muaytay assotsiatsiyasi raisi örinbosari, 2010–2014 yillarda Özbekiston havaskor va professional muaytay assotsiatsiya raisi lavozimida işlagan. Uşbu taşkilotdagi faoliyati bilan birgalikda Ş.Toşmatov 2010 yildan e'tiboran Osiyo havaskor muaytay federatsiyasi vitse-prezidenti hamda Xalqaro havaskor muaytay federatsiyasi ijroiya qömitasi a'zosi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

U, yuqorida ta'kidlanganidek, 2014–2019 yillarda Özbekiston boks federatsiyasi raisining birinçi örinbosari sifatida faoliyat olib borgan. Uning rahbarligida özbekistonlik boksçilar Rio olimpiadasida 3 oltin, 2 kumuş, 2 bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinçi örinni egallagan. Bundan taşqari, boks böyiça Özbekiston terma jamoasi 2018 yil Indoneziyada bölib ötgan Osiye öyinlarida 5 oltin va 2 ta kumuş medal bilan umumjamoa hisobida peşqadamlikni qölga kiritgandi.

Şerzod Toşmatov 2019 yilda Özbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi. Uning boşçiligida Özbekiston jahon taekvondosi tarixidagi eng yirik fleşmobga mezbonlik qildi.

Ma'lumot uçun, 2019 yil 15 maydan Özbekiston Milliy olimpiya qömitasiga Rustam Şoabdurahmonov prezidentlik qilib kelmoqda.