AQŞ prezidenti Donald Tramp Afğonistondagi vaziyatni tartibga soliş böyiça tinçlik kelişuvlariga erişilsa, uşbu davlatdan qöşinlarini olib çiqişga tayyorligini aytdi.
“Birinçi marta ular [toliblar] vaziyatni tartibga soliş, kelişuv haqida gapirmoqdalar. Agar bu yuz bersa, biz qöşinlarimizni uyga qaytaramiz. Nima bölişini köramiz. Biroq jiddiy muzokaralar ilk bor ötmoqda”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga.
Avvalroq AQŞ hukumati amerikalik vakillar va toliblar örtasidagi muzokaralarda sezilarli rivojlaniş borligini ma'lum qilgan. AQŞning Afğoniston böyiça maxsus elçisi Zalmoy Xalilzod taxminiy kelişuvlarga erişilganini ma'lum qilgan, biroq toliblar hozirça buni tasdiqlaşmagan.












