Yaponiya Kuril orollariga da'vogarlik qilmaydi, biroq Tokio Kunaşir, Iturup, Şikotan va Xabomai tizmasini arxipelagning bir qismi deb hisoblamaydi. Bu haqda Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe kommunistik partiya raisi Kadzuo Siining parlament quyi palatasidagi çiqişiga izoh beriş vaqtida aytib ötdi.

“Şimoliy hududlar davlatimiz suvereniteti amal qiluvçi orollar hisoblanadi. Bu borada özgarişlar yöq”, deb aytgan Abe. 

Abe Yaponiya Kurillarga huquqdan 1951 yilgi San-Fransisko tinçlik sulhiga köra voz keçgani va uning qaytarilişini talab qilmasligini aytgan.

Abe Rossiya bilan tinçlik kelişuvi tuziş istiqbollari haqida gapirib, hududiy masalaning hal qilinişi Yaponiya uçun muzokaralarning boş bandi hisoblanişini ta'kidlab ötgan. 

Rossiya va Yaponiya örtasida tinçlik kelişuvi yöqligi uzoq vaqtlardan beri bu ikki davlat muloqotiga putur yetkazib keladi. Yaponiya 1855 yilgi savdo va çegaralar haqidagi ikki tomonlama traktatga işora qilgan holda yuqorida tilga olingan 4 orolga da'vogarlik qiladi.

1956 yilda Moskva tinçlik kelişuvi tuzilgandan keyin Xabomai va Şikotanning Yaponiyaga topşirilişi imkoniyati körib çiqilişiga rozi bölgan. Sobiq ittifoq hududiy bahslarga nuqta qöyişni möljallagan, biroq Tokio barça orollarga da'vogarlik qilişdan boş tortişga rozi bölmagan. Natijada kelişuv tuzilmagan.

Moskva pozitsiyasiga köra, uşbu orollar Ikkinçi jahon uruşi yakunlariga köra sobiq ittifoq tarkibiga kirgan va ularning Rossiyaga tegişliligi şubha ostiga qöyilmaydi. 

2018 yil noyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Sindzo Abe Singapurdagi uçraşuvdan keyin tinçlik kelişuvi va Kurillar masalasi böyiça muzokaralar jarayoni tezlatilişini e'lon qilişgan. Ayni vaqtda muzokaralar Tokio Rossiyaga qarşi sanksiyalarni qöllab-quvvatlaşi sababli murakkablaşgan.