Bugun, 2 fevral kuni Milliy olimpiya qömitasida Özbekiston boks federatsiyasining saylov konferensiyasi taşkil qilindi. Unda MOQ va federatsiya rahbariyati, hududiy bölinmalar vakillari, mas'ul xodimlar, murabbiylar, hakamlar va OAV vakillari iştirok etdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda taşkiliy masala körildi. Unga köra, Özbekiston boks federatsiyasining birinçi vitse-prezidenti Şerzod Toşmatov vazifasidan ozod etildi va uning örniga «Lokomotiv» futbol klubi rahbariyatida işlab kelgan Saken Polatov saylandi.

«Avvalambor, bildirilgan işonç uçun barçangizga minnatdorçilik bildiraman. Xudo xohlasa, katta yutuqlarga birgalikda erişamiz», – dedi Saken Polatov.

Tadbirda iştirok etgan MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov ham sözga çiqib, Özbekiston boksining yangi saylangan rahbarini tabrikladi, soğligi sababli tadbirda iştirok eta olmagan sobiq birinçi vitse-prezident Şerzod Toşmatovga minnatdorçilik bildirdi.

Umid Ahmadjonov

Konferensiyada, şuningdek, federatsiya ijroiya qömitasi a'zosi, Özbekiston boks terma jamoasi boş murabbiyi Marat Qurbonov va terma jamoa a'zosi Hasanboy Döstmatov ham sözga çiqib, özbek boksining buguni va yutuqlarni davom ettiriş lozimligi haqida gapirişdi.

Marat Qurbonov

Ma'lumot uçun, Saken Jyetibayeviç Polatov 1975 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, Toşkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Oilali, 4 nafar farzandi bor. Tadbirkor uzoq yillardan buyon Toşkentning «Lokomotiv» klubi tizimida faoliyat körsatib keladi.

Saken Jyetibayeviç Polatov

Qayd etiş kerak, Özbekiston boks federatsiyasi prezidenti Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov hisoblanadi. Ammo federatsiyani amalda vitse-prezident boşqaradi.