Ayni paytda keng tarqalgan koronavirus sabab tört yillikning eng muhim musobaqasi - Olimpiya öyinlari 2021 yilga qoldirildi. Bu öz navbatida Özbekiston boks federatsiyasi rejalariga ham öz ta'sirini körsatmay qolmadi. Şu sababli Özbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati federatsiya raisining birinçi örinbosari Saken Polatov bilan bir qator masalalar yuzasidan suhbat uyuştirdi. Intervyuning asosiy qismi bilan tanişing.

- Saken Djyetibayeviç, vaqt ajratib intervyu berişga rozi bölganligingiz uçun rahmat aytamiz. Ança savollar yiğilib qolgandi. Fursatdan foydalanib, Tokio Olimpiadasi uçun 7 ta litsenziya qölga kiritilgani bilan muborakbod etamiz.

- Rahmat. Ha, Iordaniyada ötkazilgan lisenzion turnirdan 7 ta yöllanma bilan qaytdik. Bu natijalarning zamirida juda köpçilikning mehnati yotibdi. Sportçilarimiz uddalaşdi.

 Fursatdan foydalanib, Özbekistonda boksni rivojlantiriş uçun şaroit yaratib berayotgan muhtaram Prezidentimiz Şavkat Miromonoviçga minnatdorçilik bildirmoqçiman. Mamlakatimiz rahbarining sportga, xususan boksga bölgan qiziqişi bizni yanada ruhlantiradi. Yodingizda bölsa, 2019 yili Yekaterinburgda ötkazilgan jahon çempionatidan söng yurtboşimiz bizni şaxsan özlari qabul qilgandilar. Nasib qilsa, yaqin kelajakda Özbekistonda boksni rivojlantirişga oid farmoyiş çiqadi. Bundan taşqari, musobaqalar, yiğinlar ötkaziş uçun şaroit yaratib berayotgan Milliy olimpiya qömitasi, Özbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga, şunindek, homiylarimiz - Özbekiston temir yöllari AJ, “PEPSI”, “BUKA” va “Orient Finans Bank” kabi taşkilotlarga ham rahmat aytamiz.

 - Ayni paytda yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasi tufayli barça sport turlari, şu jumladan boks federatsiyasi rejalariga ham özgartiriş kiritilgan. Uşbu masala yuzasidan qanday ma'lumot bera olasiz?

- Darhaqiqat, uşbu xavfli koronavirus sababli rejalarimiz özgarib ketdi. Yaxşi bilasiz, Ammanda ötkazilgan lisenzion turnirda Tokio Olimpiadasiga 7 ta yöllanma qölga kiritgandik. Qolgan vaznlarda Parijda ötkaziladigan lisenzion musobaqa orqali Olimpiada çiptalariga ega çiqmoqçi edik. Bu borada Fransiya poytaxtidagi musobaqa uçun jiddiy reja işlab çiqilgandi. Bundan taşqari Tokio Olimpiadasi yöllanmasini naqd qilib qöygan çarm qölqop ustalarimizning tayyorgarlik rejasida ham özgariş böldi.

- Yigitlarimiz 8 ta vazn toifasida 6 ta litsenziya qölga kiritişdi. Bu Özbekistondek boks derjavasi uçun qoniqarlimi?

- Töğri, biz 8 ta vaznda litsenziyani Osiyo kvalifikatsion musobaqasidayoq qölga kiritmoqçi edik. Musobaqa boşlangunga qadar -75 kg vazn toifasida Bektemir Meliqöziyev bahslarga tayyorlandi. Lekin, ayrim sabablarga köra lisenzion musobaqada Bektemir Meliqöziyev iştirok eta olmaydigan bölib qoldi. Uning örniga Ammandagi yiğinni yakunlab Özbekistonga qaytib ketayotgan Fanat Qahramonov yarim yöldan, aniqroği Istanbuldan yana Iordaniyaga majburan çaqirib olindi. Afsuski, oldimizda şunday vaziyat yuzaga keldi. Fanat qaytganidan söng bir yarim kun içida 6 kilogramm vazn haydaşiga töğri keldi. Sportçilar juda yaxşi bilişadi - bu oson iş emas. Şunday bölsa-da, u musobaqada ikki raqibini mağlubiyatga uçratişga muvaffaq böldi. Yakunda baribir uşbu jarayonlar boksçimizga öz ta'sirini körsatdi, u jismoniy tomonlama tiklana olmadi. Aslida yaxşi bilasiz, Qahramonov ham iqtidorli boksçi.