«Rubin» hujumçisi Sardor Ozmun faoliyatini «Zenit»da davom ettiradi. Transfer haqida har ikkala klub ham rasman ma'lumot berişgan.

Eron terma jamoasi yetakçisining piterliklar bilan şartnomasi 3,5 yilga möljallangan. Avvalroq transfer qiymati 10-15 mln yevro atrofida bölişi taxmin qilinayotgan edi. 24 yoşli hujumçi yangi jamoasida 7-raqam ostida öynaydi; u bunga qadar Eron termasi va «Rubin»da 20-raqamda öynab kelgan.

Ozmun 15 yoşida «Sepahon» a'zosiga aylangan, 17 yoşida – 2012 yili «Rubin»ga kelib qöşilgan edi. Qozon klubi uni 2015 yilda «Rostov»ga ijaraga bergan, Sardor bu klub tarkibida Rossiya çempionatining bronza medaliga sazovor bölgan. Ötgan mavsumda Ozmun «Rubin» ixtiyoriga qaytib keldi.

Ozmun professional faoliyatini faqat Rossiya çempionatida ötkazib kelmoqda. U RPLdagi 5,5 mavsumida hujumçi 154ta öyin ötkazib, 42ta gol muallifi böldi. Şuningdek, u Eron termasi libosida 46ta uçraşuvda qatnaşgan va 28ta gol urgan.

Qöşimça qiliş joiz, «Zenit» keça «Boka Xuniors»dan Vilmar Barrios transferi haqida ham e'lon qilgandi.