Qiş-bahor mavsumi — imtihonlarga tayyorlaniş uçun eng qizğin vaqt. Bugungi kunda Özbekiston va çet eldagi köplab öquv muassasalariga öqişga kiriş uçun ingliz tilidan bilim darajasi haqidagi sertifikatga ega böliş kerak, ular içida eng keng tarqalgani — IELTS. Bugungi maqolamizda IELTS imtihonini topşirib, yuqori ball oliş yöllari bilan qisqaça örtoqlaşişga qaror qildik.
Eldor Sattorov - KINĞS ACADEMY öquv markazi asosçisi

Ingliz tili dunyosiga şönğing
Agar siz imtihonni muvaffaqiyatli topşirib, xorijda öqişni istasangiz, ingliz tili muhitiga çuqurroq şönğişingiz kerak. Ingliz tilidagi filmlar va seriallarni yuklab oling, hujjatli filmlarni ham köriş mumkin. Bu imtihonning Listening (tinglaş) qismiga tayyorlaniş uçun juda qöl keladi.

Iloji boriça köproq yozing
Agar siz ingliz tilida ta’lim olişga qattiq bel boğlagan bölsangiz, köp yozişga könikişingiz kerak, axir turli yozma topşiriqlar doimiy ravişda beriladi.
Writing (yoziş) qismida köplab talabalar qiyinçiliklarga uçraydi. Ingliz tilidan bilimingizni mukammallaştiring va iloji boriça köproq yozing. Kun oxirida öz fikrlaringizni yozib boradigan kundalik tutişingiz yoki ingliz tilidagi forumlarning faol iştirokçisiga aylanişingiz mumkin.
Imtihon formatini bilib oling Imtihonda vaqtingizni tejaş va tayyorlanişda töğri strategiyani tanlaş uçun test tuzilmasi bilan, albatta, tanişib çiqing. Rasmiy saytlarda IELTS topşiriş böyiça bukletni öqib çiqiş mumkin. Masalan, Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan IDP IELTS test markazining veb-saytida imtihon haqida köplab foydali ma’lumotlar olişingiz mumkin.

Ingliz tilini guruhlarda örganing











