Taniqli sobiq tennisçi Iroda Tölaganova Özbekiston tennis federatsiyasi boş kotibi lavozimini egalladi. Bu haqda taşkilotning bugun, 8 fevral kuni bölib ötgan navbatdan taşqari saylov konferensiyasida iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Konferensiyani Milliy olimpiya qömitasi boş kotibi Jasur Matçanov va Özbekiston sport taşkilotlari faxriylari kengaşi raisi Komiljon Xudoyberganov olib bordi.

Saylovda boş kotib lavozimiga yagona nomzod sifatida körsatilgan Iroda Tölaganovani ovoz beruvçilarning barçasi bir ovozdan ma'qulladi.

37 yoşli Iroda Tölaganova tennis böyiça Özbekiston ayollar terma jamoasi boş murabbiyi hisoblanadi. U federatsiya boş kotibi sifatida 20 yildan ortiqroq vaqt faoliyat yuritib kelgan Igor Şepelovning örnida iş boşlamoqda.

Iroda Tölaganova 1982 yilning 7 yanvarida Toşkent şahrida tuğilgan. Yakkalik bahslarida 3 martadan WTF va ITF turnirlari ğolibi. 2002 yilda jahon reytingidagi eng yuqori örni – 16-poğonaga kötarilgan. «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni, «Şuhrat» medali sohibasi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston tennis federatsiyasi prezidenti Rustam Inoyatov sanaladi.