Kuni keça Özbekiston yoşlar ittifoqi vakillari Toşkent Xalqaro aeroportida Rossiyada jasorat körsatib, “Yaxşilik qilişga şoşiling” (“Speşite delat dobro”) medali bilan taqdirlangan Olamafröz Abdullayevni kutib olişdi.

Yoş qahramonimiz 2018 yilning 31 dekabr kuni Magnitogorsk şahridagi turar-joy binosi portlaşidan keyin öz hayotini xavf ostiga qöyib, yordam berişga oşiqqan va Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvçilari kelgunga qadar vayronalar orasidan sakkiz kişini qutqarib qolgan. Yurtdoşimizning bu jasorati yuksak mukofotga loyiq topildi. 2019 yilning 6 fevral kuni Çelyabinsk oblasti (Rossiya) gubernatori Boris Dubrovskiy va hududning Inson huquqlari böyiça vakili Margarita Pavlova Özbekiston fuqarosi Olamafröz Abdullayevga tantanali ravişda “Yaxşilik qilişga şoşiling” (“Speşite delat dobro”) medalini topşirdi.
Faxriy yorliqda yozilganidek, vatandoşimiz «Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Inson huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi Yevropa Konvensiyasi bilan mustahkamlab qöyilgan inson va fuqaro huquq va erkinliklarini himoya qiliş işiga qöşgan ulkan hissasi uçun» medal bilan taqdirlandi.
Medal Çelyabinsk oblastidagi Inson huquqlari böyiça vakil tomonidan ta'sis etilgan bölib, har yili jamiyat uçun muhim işlarni amalga oşirgan va oğir turmuş şaroitlariga tuşib qolganlarga kömaklaşgan şaxslarga topşiriladi.
Bundan taşqari, dovyurak yigitning mardonavor xizmati Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri va Boş konsulxona vakillari tomonidan ham munosib rağbatlantirildi.

Suhbat davomida Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi örinbosari Begmat Oçilov Olamafrözning insoniylik fazilatlari yoşlarga namuna bölişi, ular örtasida yaxşilik uruğini yoyişi kerakligini ta'kidladi.
— Öşa kun kutilmagan ovozdan hodisa joyiga şoşildim. U yerga yiğilganlarning aksariyati yonğinni tasvirga oliş bilan ovora edi. Binoning uçinçi, yettinçi, sakkizinçi va töqqizinçi qavatlarida yonğin kötarilgandi. Şu dam uçinçi qavatdagi ayolga közim tuşdi-yu, öşa xonadonga otildim. Ikkita yoş bola va bir ayolni yonğindan köçaga olib çiqdim. Söngra, tepa qavatlarga kötarilib, u yerdan ham 5 nafar insonni alangadan qutqarib, xavfsiz joyga olib ötdim, — deydi Olamafröz Abdullayev. — Men bu kömakni qahramonlik, deya olmayman. Mening örnimda boşqa özbek yigiti bölganda ham insonlarni olovda jabrlanişini videotasvirga olgandan köra, qutqaruvga kirişişni afzal bilardi. Axir, bu bizning insoniy burçimiz-ku. Bizga milliy qadriyatlarimiz orqali kömakka muhtoj insonlarga beminnat yordam körsatiş odati singgan. Bu gaplarni Rossiyada medal bilan taqdirlaşganlarida ham aytganman. Töğrisi öşa kun, taqdirlaş va Rossiyaning har qanday universitetiga talabalikka imtiyoz berilişidan biroz xijolat ham tortdim va bu imtiyozni rad etdim. Çunki, men u insonlarni öz manfaatim uçun, talaba böliş uçun qutqarib qolmaganman. Vijdonim va könglim buyurgan amalni bajarganman, xolos.












