2019 yilning 6 fevral kuni Çelyabinsk oblasti (Rossiya) gubernatori Boris Dubrovskiy va hududning Inson huquqlari böyiça vakili Margarita Pavlova Özbekiston fuqarosi Olamafruz Abdullayevga tantanali ravişda «Yaxşilik qilişga şoşiling» («Speşite delat dobro») medalini topşirdi.
TIV xabariga köra, marosim oblast gubernatorining qarorgohida bölib ötgan.
Faxriy yorliqda yozilganidek, vatandoşimiz «Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Inson huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi Yevropa Konvensiyasi bilan mustahkamlab qöyilgan inson va fuqaro huquq va erkinliklarini himoya qiliş işiga qöşgan ulkan hissasi uçun» medal bilan taqdirlandi.
Medal Çelyabinsk oblastidagi Inson huquqlari böyiça vakil tomonidan ta'sis etilgan bölib, har yili jamiyat uçun muhim işlarni amalga oşirgan va oğir turmuş şaroitlariga tuşib qolganlarga kömaklaşgan şaxslarga topşiriladi.
2018 yilning 31 dekabr kuni Magnitogorsk şahridagi turar joy binosida yuz bergan portlaş natijasida jarohatlanganlarga yordam körsatişga oşiqib, qahramonlik körsatgan va yuksak mukofotga loyiq topilgan 19 nafar janubiy uralliklardan biri Olamafruz Abdullayev böldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvçilari yetib kelguniga qadar u sakkiz nafar kişining vayronalar ostidan çiqişiga yordamlaşdi, – deb xabar berdi Özbekistonning Yekaterinburg şahridagi boş konsulxonasi (Ural federal okrugi).
Kuni keça Olamafruz Abdullayev Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri nomidan qimmatbaho sovğa va boş konsulxonaning faxriy yorliğini ham qabul qilib olgandi.
Eslatib ötamiz, 7 fevral kuni u Toşkentga uçib keladi.








