2019 yilning 5 fevral kuni Özbekistonning Yekaterinburg şahridagi boş konsulxonasida (Rossiya) özbekistonlik fuqaro Olamafruz Abdullayev bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyatida tuğilgan hamyurtimiz ötgan yilning 31 dekabri tongida Magnitogorsk şahridagi turar-joy binosi portlaşidan keyin yordamga şoşilgan birinçi insonlardan biri bölib, qutqaruvçilar kelgunga qadar öz hayotini xavf ostiga qöyib bino qoldiqlari orasidan sakkiz kişini qutqarişga muvaffaq bölgandi.
Uning beğaraz va qahramonona harakati Rossiya matbuoti tomonidan keng yoritildi va vatandoşimiz jasorati hamda özgalar qayğusiga befarq emasligi ta'kidlandi.
Boş konsulxonadagi uçraşuvga Rossiyada vaqtinçalik bölib turgan hamyurtlarimiz, jumladan, oliy ta'lim muassasalari talabalari, şuningdek, Sverdlovsk viloyatidagi özbek diasporasi rahbari Zokir Allabergenov ham taklif etilgan.
Uçraşuv yakunida Olamafruz Abdullayevga Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri nomidan qimmatbaho sovğa va mamlakatning Yekaterinburg şahridagi boş konsulxonasi faxriy yorliği topşirildi. «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi tomonidan uning 7 fevralda uçib ketişi uçun Yekaterinburg-Toşkent reysiga bepul çipta ajratildi.







