Google Maps foydalanuvçilari yönalişni belgilaşda töldirilgan reallik texnologiyasini qöllaşi mumkin böladi. The Wall Street Journal'da ma'lum qilinişiça, ilova köçalarning real tasviriga belgi va körsatkiçlar qöyib yönalişni aks ettiradi. 

Hozirça mazkur funksiyadan faqat ekspertlar foydalanişi mumkin, ular AQŞ köçalarida yangi funksiyani sinovdan ötkazişmoqda. Ularning safiga qöşiliş oson: Google'ning maxsus sahifasida röyxatdan ötib, muntazam ravişda fikr-mulohazalar bilan bölişiş va xaritaga tuzatişlar kiritiş kerak böladi. 

Yangi funksiya işga tuşirilganidan keyin u geolokatsiya orqali foydalanuvçi joylaşgan nuqtani aniqlaydi va yöl körsatuvçi 3D-körsatkiçlar va belgilar paydo böluvçi joy s'yomkasini ekranda aks ettiradi. 

Şunday bölsa-da, bunday ilovadan uzoq vaqt davomida foydalanib bölmaydi. Biroz vaqt ötib ekran töq rangga kiradi, batareyani tejaş va insonlar xavfsizligi uçun şunday yöl tutilgan.