Ispaniya politsiyasi Soria provinsiyasida kelib çiqişi kubalik bölgan erkakning ğoyib bölişiga aloqadorlikda gumon qilib, ikki kişini hibsga oldi. Tergov xodimlari Google Maps fotosuratidan dalil sifatida foydalangan: unda bir kişi öz maşinasiga öralgan jasadga öxşaş yukni joylaştirayotgani körinadi.

Surat faqat bir neça önlab odamlar yaşaydigan Soria şahridagi Taxueko munitsipalitetida Google Maps avtomobili tomonidan olingan. 12 noyabr kuni qölga olinganlar qurbonning şerigi va uning sobiq sevgilisi bölgan ayol ekani ta’kidlanmoqda.

Erkak ötgan yilning 23 noyabr kuni bedarak yöqolgan edi. Rasmiylar Soria provinsiyasida joylaşgan Sentenera de Andalus munitsipalitetidagi qabristonda kömilgan jasad qoldiqlarining bir qismini topdi. Söngra zamonaviy texnik vositalar yordamida qoldiqlar yöqolgan erkakka tegişli ekani aniqlandi.