Google Maps xaritalari yangilanganidan keyin Ukrainadagi harbiy obektlarning sun’iy yöldoş tasvirlari oşkor bölib qolgani töğrisida xabar berilgandi. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi qoşidagi dezinformatsiyaga qarşi kuraş markazi rahbari Andrey Kovalenko hozirda Google Maps servisidan harbiy obektlar tasvirlari olib taşlaganini ma’lum qildi.

«Google xaritalar bilan boğliq vaziyatni tuzatdi. Harbiy obektlar va tizimlar endi körinmaydi. Keyinçalik ham barçasi yaxşi böladi», — deydi Kovalenko.

Avvalroq Kovalenko Google vakillari bilan uçraşiş niyatida ekanini ma’lum qilgandi. «Ularga Ukraina harbiy tizimlari va obektlari tasvirlarini, ular bir yil oldingi bölişiga qaramay, xaritaga joylaştiriş mumkin emasligini tuşuntirmoqçiman», — degan edi u. Kovalenko korporatsiya vakillari bilan uçraşgan yoki uçraşmaganiga oydinlik kiritmagan.

3 noyabr kuni Google tasodifan Ukrainadagi harbiy obektlarning xaritalarini oşkor qilib qöydi. Rasmiyning qöşimça qilişiça, Rossiya naşrlari allaqaçon bu suratlarni «faol tarqata boşlagan». Xususan, Z-kanallar Google Maps ilovasidan Ukraina harbiy inşootlari xaritalari skrinşotlarini çop etgan.

Kartografik servislar, jumladan, Google Maps turli davlatlarning harbiy obektlarining sun’iy yöldoşdan olingan tasvirlarini xiralaştirib körsatadi. «Mediazona»ning yozişiça, «Yandeks.Xaritalar» ham Rossiyadagi harbiy aerodromlarning sun’iy yöldoş tasvirlarini xiralaştirişni boşlagan.