23 noyabr şanba kuni Hindistonning Uttar-Pradeş ştatida uç erkak töydan qaytayotib halokatga uçradi. Ular Google Maps ilovasi körsatgan yönaliş böyiça ketayotganida, yölda qurilişi tugallanmagan köprikka duç kelgan. Navigatorda ham, yölda ham ogohlantiriş belgilari bölmagani sababli ular maşina tezligini oşirib, Ramganga daryosiga qulab tuşgan. Uçala erkak ham halok böldi.
BBC'ning yozişiça, mahalliy politsiya tergov doirasida Jamoat işlari departamenti mansabdorlari bilan (nega yölda belgilar va tösiqlar bölmagani haqida) hamda Google Maps’ning mintaqaviy vakillari bilan suhbat ötkaziş niyatida ekanini bildirgan. Hozirça Google qurbonlarning oilalariga “çuqur hamdardlik” bildiriş bilan çeklandi va voqea yuzasidan tergov olib borişda rasmiylar bilan yaqindan hamkorlik qilişga va’da berdi.
Bu voqea GPS navigatori körsatgan yönalişdan yurgan sayohatçilarning ölimi yoki jiddiy jarohatlanişiga oid birinçi holat emas. Şunday voqealar avval ham sodir bölgan.
2024 yilning iyul oyida Hindistonning Dxenkanal okrugidagi örmonda beş nafar talaba yöldan adaşdi. Ular ibodatxonadan qaytayotganida, yönalişni tanlaş uçun Google Maps’dan foydalangan. Baxtli tasodif tufayli, yigitlar politsiya bilan aloqaga çiqişga muvaffaq böldi va 11 soatdan söng ularni topişdi.
Bunday hodisalarga hatto alohida nom berilgan — “GPS’dan ölim” (death by GPS). Vikipediyada unga alohida sahifa oçilgan.
2017 yilda tadqiqotçilar şaxsiy navigatsiya tizimlari “ğayrioddiy falokatlar”ga olib kelgan 158 ta holatni örganib çiqdi.
Şu bilan birga, tadqiqot mualliflari GPS va unga aloqador texnologiyalar odamlar hayotini saqlab qolgan holatlar ham kam emasligini ta’kidladi. Masalan, ular yordam körsatuvçi manbalarga yöl körsatgan yoki odamlarni adaşib qolişdan qutqargan.
Tadqiqotçilar örgangan hodisalarning qariyb uçdan biri — 44 tasi ölim bilan yakunlangan. Yana 23 holatda jiddiy tan jarohatlari olingan. Köpinça odamlar navigatorlar sababli boşqa avtomobillar iştirokisiz yöl-transport hodisalariga uçragan.
Aksariyat hollarda GPS foydalanuvçilari hududni bilmagan, lekin hodisalarning taxminan beşdan birida mahalliy aholi iştirok etgan. Ba’zida hodisaga navigator belgilagan yönaliş emas, balki boşqa funksiyalar sabab bölgan — masalan, bir haydovçi xaritani kattalaştirişga çalğib, velosipedçini urib yuborgan va uning ölimiga sabab bölgan.
















