Toşkent şahri Yunusobod tumani Otçopar-2 mahallasida yangi biznes markazi quriladi. Bu haqda Yunusabad Business City’da vaqtinçalik direktor vazifasini bajaruvçi Umid Umarov ma'lum qilgan.
«Aholini joylaştiriş böyiça harakat rejasini boşladik. Zamonaviy uy–joylarni barpo etiş uçun tayyorgarlik işlari olib borilmoqda», – degan Umid Umarov «BUSINESS CITY» loyihalarining taqdimoti vaqtida.

Kun.uz muxbiri xabar qilişiça, mahalliy aholiga ikki hududdagi turar-joylar taklif etiladi. Ular Sergeli tumanidagi yangi köp qavatli xonadonlarga yoki Yunusobod tumanidagi 20 gektar maydonli turar-joyga köçişlari mumkin böladi.
Otçopar-2 mahallasida odatiy ikki qavatli kottej uylar barpo etiladi. Şuningdek, uyning örniga kompensatsiya tölovini ham qabul qiliş mumkin.
Yunusabad Business City 45,5 gektar maydonda qurilişi rejalaştirilgan. U savdo majmualari, biznes ofislari, köngiloçar boğlar, turar-joylar va boşqa obektlardan iborat böladi.
Boşlanğiç hisob-kitoblarga köra, loyiha qiymati 500 million dollarni taşkil etib, u 2019-2023 yillar davomida amalga oşiriladi.










