Toşkent şahar hokimligida Koreyaning IGIS Asset Management, KIND (Korea Overseas Infrastructure and Urban Development Corporation) va Wooju Construction Co. LTD. kompaniyalari vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.

Poytaxt hokimligi xabariga köra, uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va Yunusabad Business City qurilişida uşbu kompaniyalarning iştirok etişi töğrisida dastlabki kelişuvlarga erişildi.

Kelişuvda uçta kompaniyaning konsorsiumini taşkil etiş közda tutilgan.

IGIS Asset Management Koreya Respublikasidagi köçmas mulk va aktivlarni boşqariş böyiça eng yirik kompaniyalardan biri. Bugungi kunda kompaniya Osiyo-Tinç okeani mintaqasi va Yevropada muvaffaqiyatli işlamoqda. Xususan, IGIS Asset Management`ning sönggi loyihalaridan biri Frankfurtdagi (Germaniya) osmonöpar binoning qurilişidir.

KIND (Korea Overseas Infrastructure and Urban Development Corporation) Koreya Respublikasi hukumati tomonidan xorijiy mamlakatlarda quriliş işlarini yengillaştiriş uçun davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etilgan korporatsiyadir. Uşbu korporatsiya şahar infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan loyihalarni amalga oşirişni qöllab-quvvatlaydi.

2001 yilda taşkil topgan Wooju Construction Co. LTD. LTD. infratuzilma qurilişiga ixtisoslaşgan. Mazkur kompaniya Taxiatoş IESni qayta quriş va Qandim gazni qayta işlaş majmuasi qurilişi loyihalarini amalga oşirişda iştirok etgan.