Bugun, 13 fevral kuni Özbekiston xokkey federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot saylov konferensiyasi bölib ötdi. Unda taşkilot Iskandar Qosimoviç Şodiyev taşkilot raisiga örinbosar etib saylandi.

Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, konferensiyada xokkey federatsiyasi rahbariyatining quyidagiça yangi tarkibi ham tasdiqlangan.

Rais: Baxtiyor Şuhratoviç Fozilov
Raisning birinçi örinbosari: Bahodir Ismoiloviç Gafurov
Rais örinbosari: Iskandar Qosimoviç Şodiyev
Rais örinbosari: Kirill Alekseyeviç Matveyev
Boş kotib: Şukrullo Hamidullayeviç Karimov
Ijroçi direktor: Elbek Azimoviç Mahmudov

Ma'lumot uçun, Özbekiston xokkey federatsiyasi 2018 yil 28 martda Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazilgan. Baxtiyor Fozilov 30 mart kuni çaqirilgan ta'sis konferensiyasida federatsiya raisi lavozimiga saylangan edi.

Taşkilot hozirça Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) a'zosi emas.