Adliya vazirligi 2018 yil 28 martda Özbekiston Respublikasi Xokkey federatsiyasini davlat röyxatidan ötkazdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Uşbu taşkilotning asosiy maqsadi Özbekiston Respublikasida xokkeyni rivojlantiriş, tarğib qiliş va ommaviylaştiriş, şuningdek, şaxsni har tomonlama va uyğun kamol toptirişda uning rolini kuçaytiriş hamda aholi salomatligini mustahkamlaş, soğlom turmuş tarzini şakllantirişga kömaklaşiş hisoblanadi.

Şuningdek, taşkilot vazifalariga xokkey böyiça sport tadbirlarini, şu jumladan Özbekiston Respublikasi çempionatlari, birinçiliklari, kuboklari va boşqa rasmiy sport musobaqalarini, şuningdek, Özbekiston Respublikasi hududida xalqaro sport musobaqalarini taşkil etiş va ötkaziş, xokkey böyiça Özbekiston Respublikasi sport terma jamoalarini tuziş va tayyorlaşda iştirok etiş, oliy malakali sportçilarni tayyorlaş tizimini takomillaştiriş, Özbekiston Respublikasi terma va klub jamoalarini xalqaro sport musobaqalarida qatnaşişga tayyorlaş böyiça tadbirlarni ta'minlaşga kömaklaşiş va boşqa vazifalar kiradi.

Özbekiston Respublikasi Xokkey federatsiyasi ta'sisçilar konferensiyasida uning rahbari etib Baxtiyor Şuhratoviç Fozilov saylangan.

Şu munosabat bilan, Adliya vazirligi tomonidan poytaxtdagi “Next” savdo kompleksida joylaşgan Muz saroyida federatsiyaning davlat röyxatidan ötkazilganligi böyiça guvohnomani topşiriş marosimi bölib ötdi.