2019 yilda Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalining yaratilganiga 150 yil töladi. Şu munosabat bilan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti joriy yilni «Xalqaro kimyoviy elementlarning davriy jadvali yili» deya nomladi. Bu haqida TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Mazkur yil doirasidagi anjumanlarga start beriş marosimi 29 yanvar kuni YuNeSKOning Parijdagi ştab-kvartirasida bölib ötdi. Rasmiy yopiliş marosimi esa dekabr oyida Yaponiyada ötkazilişi rejalaştirilgan. Bu davr oraliğida YuNeSKO homiyligida turli mamlakatlarda ilmiy konferensiyalar, yoş kimyogarlar tanlovlari, mavzuli körgazmalar ötkazilişi rejalaştirilgan. 

Anjumanlarga Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya, AQŞ, Şveytsariya, Xitoy, Yaponiya va Şotlandiya mezbonlik qiladi. Ötkazilajak körgazmalarning diqqatga sazovor eksponatlaridan biri davriy jadvalning eng qadimiy nusxasi  (Vena, 1885) bölişi kutilmoqda. Şuningdek, yil davomida davriy jadvalning böş kataklarini töldiriş borasidagi işlarni jadallaştiriş rejalaştirilgan. 

Davriy jadval ilk marotaba tuzib çiqilganda olimlarga 63 kimyoviy element ma'lum bölib, ötgan davr mobaynida yana 55tasi kaşf qilindi. Ya'ni örtaça har uç yilda bitta yangi element aniqlandi. XX asr örtalariga kelib esa jadvalga asosan tezlatkiçlar yordamida sintez qilingan sun'iy elementlar kiritildi va bunda asosiy taşabbusni kimyogarlar emas, fiziklar qölga olişdi. Yangi element sintezi murakkab texnologik jarayon bölganligi bois bu boradagi asosiy işlar Rossiya, AQŞ va Yaponiya hissasiga töğri kelmoqda. 

Ma'lumot uçun, tabiatda uçraydigan kimyoviy elementlar atom massasiga köra tartib bilan joylaştirilgan Davriy jadval rus olimi D.I.Mendeleyev (1834 – 1907) tomonidan 1869 yilda tuzilgan. Bunday tizimlaştiriş asosidagi jadval noorganik kimyo fanida öziga xos inqilob bölgan.