«Özbekenergo» AJ va uning tasarrufidagi korxona va taşkilotlarida 2018 yil davomida jismoniy va yuridik şaxslardan kelib tuşgan murojaatlar umumiy soni 37844 ta taşkil qiladi. Şulardan 22218 tasi Özbekiston Respublikasi Virtual qabulxonasi orqali kelib tuşgan murojaatlardir, deb xabar bermoqda jamiyat axborot xizmati. 

Ma'lum qilinişiça, uşbu murojaatlarda körsatilgan asosiy masala — elektr energiyasi ta'minotidagi uzilişlar va elektr energiya uzatiş tarmoqlarining transformator punktlarini yangilaş, ta'mirlaş muammolarini hal qiliş töğrisida.

«Kelib tuşgan uşbu  murojaatlarning 69 foizi qanoatlantirilgan, 39 foizi ijobiy yeçimini topgan, 36 foizi esa huquqiy maslahat va ma'lumot beriş orqali hal qilingan. Körsatgiçlar şuni körsatadiki murojaatlarning 31 foizi umumiy tuşuntirişlar berilişi orqali körib çiqilgan», — deyiladi «Özbekenergo» axborotida.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda energetika sohasidagi yagona davlat siyosatini örnatuvçi yangi vakolatli organ —​ vazirlik taşkil etilib, unga Özbekiston hukumati a'zosi, Boş vazir örinbosari lavozimida işlagan Alişer Sultonov rahbar etib tayinlangan edi. 

Tegişli hujjatga muvofiq, «Özbekenergo» AJ, «Özbekneftgaz» AJ, «Özbekgidroenergo» AJdan davlat-hokimiyat vakolatlarini energetika sohasida mazkur davlat boşqaruvi organiga ötkaziş nazarda tutilgan.