Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov şamollab qolganini va 16 fevraldan yana işga qaytganini ma'lum qildi. 

Avvalroq Qodirov 11 fevraldan öz vakolatlarini Çeçeniston hukumati rahbari Muslim Xuçiyevga vaqtinçalik topşirgani haqida xabar paydo bölgandi. Tegişli farmoyiş nusxasi internetda joylaştirilgan.

“Yaqinda toğlarga nazorat safarini amalga oşirgandim. Qor va kuçli şamol şaroitida biroz şamollab qoldim. Oqibatda harorat, gripp va biroz betob böldim”, deb yozgan Qodirov Telegram’dagi kanalida. 

Qodirovning aytişiça, u Çeçenistonni taqdim qilişi kerak bölgan muhim safarlari rejalaştirilgan bölgan. Şundan kelib çiqib, u Xuçiyevga vaqtinçalik rahbar vakolatini topşirgan, biroq 16 fevraldan öz vazifalarini yana töliq bajarişga qaytgan.

“Allohga şukrlar bölsin, organizmim mustahkam, bor-yöği ikki kun tomçilatib dori yuborişdi. Hozir hammasi joyida”, deb qöşimça qilgan Qodirov.