Özbekistonda çiqindini qayta işlaşni samarali yölga qöyiş maqsadida depozit xizmatini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Bu haqida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi ma'lumotiga tayanib Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Qömita taqdim etgan ma'lumotga köra, Özbekistonda asosiy çiqindi ajratadigan mahsulotlarning işlab çiqaruvçilari kiçik va köp sonli korxonalar bölgani uçun depozit xizmati mahsulot tannarxining ortib ketişiga sabab bölişi mumkin. Xorijda depozit xizmati yirik korxonalar tomonidan taqdim etiladi. Hozirda mazkur xizmatni amaliyotga tatbiq etiş böyiça Avstriya tajribasi örganilmoqda. 

Ta'kidlanişiça, mahsulot çiqindisini yiğib olişning optimal, kamxarj yöllari işlab çiqilgaç, bizda ham depozit xizmati yölga qöyilişi mumkin. 

Ötgan yili noyabr oyida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi tomonidan 10 yilga möljallangan​ «Maişiy çiqindilarni kompleks boşqariş» strategiyasi doirasida mamlakatda depozit tizimi yölga qöyilişi haqida ma'lumot berilgan edi. 

«Maişiy çiqindi masalasini hal qiliş uçkn dastlab uning hosil bölişini kamaytiriş kerak. Bunga köra, 40 mikrongaça bölgan polietilen paketlarni işlab çiqariş va import qiliş taqiqlandi. Çunki ular utilizatsiya uçun yaroqsiz. Şuningdek, keyingi yili depozit tizimini yölga qöyiş rejalaştirilgan, ya'ni mahsulot işlab çiqaruvçisi öz mahsulotining çiqindisini qabul qilib oladi va utilizatsiyasini ta'minlaydi», — degan edi qömita raisining birinçi örinbosari Oybek Ahadjonov. 

Ma'lumot uçun, ekologiyada depozit xizmati mahsulot çiqindisining uni işlab çiqaruvçi sub'yekt tomonidan yiğib olinişi va utilizatsiya (qayta işlaş) qilinişini anglatadi. Bu çiqindini ikkilamçi işlaş orqali xomaşyoni tejaş va çiqindidan oqilona foydalaniş imkonini beradi.