Özbekistonda 25 fevraldan 100 ming sömlik yangi kupyura muomalaga kiritilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari tomonidan OAV xodimlari uçun taşkil etilgan seminarda bu nima uçun kerakligi va bundan kutilayotgan natijalar haqida ma'lumot berildi.

Özbekiston Respublikasi Markaziy banki pul muomalasi departamenti direktori Fazliddin Bozorovning ma'lum qilişiça, 100 ming sömlik kupyuralarning muomalaga çiqarilişi aholining avtomobil, mebel, maişiy texnika singari yuqori qiymatdagi mahsulotlarni xarid qilişi bilan boğliq noqulayliklarga barham beradi. Yangi kupyuraning birinçi vazifasi naqd pul bilan hisob-kitob qilişda qulaylik yaratişdan iborat.

«Bundan taşqari, bank kassirlari, xodimlarining mayda pullarni hisoblaşdagi qiyinçiliklari kamayadi, oylik maoşlar, pensiya va nafaqalarni tarqatiş soddalaşadi. Naqd pullarni çiqariş (bosib çiqariş) hamda ularni taşiş va saqlaş uçun saflanadigan xarajatlar sezilarli darajada kamayadi. Aholiga bankomatlar orqali xizmat körsatiş samaradorligi ham oşadi.

2001 yilda 1000 sömlik banknotlar muomalaga çiqarilgan edi, beş ming sömlik banknotlar esa, 2013 yilga kelibgina muomalaga çiqdi. Yil sayin narxlar oşmoqda, şu bois pul muomalasi jarayonini yengillaştiriş, banknotlar sonini qisqartiriş zarurati paydo bölmoqda. Sönggi yillarda milliy valuta özining jamğarma sifatidagi funksiyasini yöqotdi, şuning uçun 100 000 söm bu funksiyani qayta tiklaşga yordam beradi, çunki bunday kupyuralarni saqlaş birmunça qulay hisoblanadi.

Yirik kupyuralarning inflatsiyani oşirişga xizmat qiladi, degan xavotirlar özini oqlamaydi, çunki muomaladagi umumiy pul massasi özgarmaydi. Pul massasining tuzilişi özgaradi xolos. 100, 200 va 500 sömlik mayda pullar asta-sekin muomaladan çiqariladi va tanga bilan almaştiriladi. Ikki guruhdagi, ya'ni monetar va nomonetar omillar inflatsiya jarayoniga ta'sir körsatadi. Hozirgi kunda iqtisodiyotni liberallaştiriş, moliya, budjet-soliq sohalaridagi islohotlar olib borilişi munosabati bilan inflatsiya jarayonlari yuz berişi tabiiy hol. Biroq bularning bari nomonetar omillar sanaladi.

Şunday qilib, yangi kupyuraning muomalaga çiqişi bilan inflatsiya darajasi oşmaydi», deya uning sözlarini keltirgan ÖzA.