Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Nodirbek Baxtiyoroviç Sayfullayev Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Nodirbek Baxtiyoroviç Sayfullayev

N.Sayfullayev 1975 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 1996 yil Toşkent davlat Madaniyat institutini, 2005 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan, san'atşunoslik fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati davomida “Özbekteatr” birlaşmasi boşqarma boşliği örinbosari, boş direktori örinbosari vazifalarida işlagan. Şuningdek, örindoşlik asosida Özbekiston davlat san'at institutining San'atşunoslik kafedrasida pedagoglik faoliyatini olib borgan.

2014 yil martdan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida boş mutaxassis, 2016 yil oktyabrdan Madaniyat va san'at masalalari şö'basi mudiri lavozimlarida işlagan.