Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, Nodirbek Sayfullayev Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. 

Nodirbek Sayfullayev tayinlovga qadar, Prezident administratsiyasi madaniyat va san’atni rivojlantiriş şu’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi. 

Şuningdek, u 2019-2022 yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori bölib işlagan. 

Taşkiliy masala körilgan yiğilişda yangi rahbarni Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlaniş departamenti rahbari Odil Abdurahmonov jamoaga taniştirdi. Şuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Şaripov hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ham yiğilişda iştirok etdi.