Venesuela prezidenti Nikolas Maduro eng aşaddiy zolimlardan eng yomoni hisoblanadi, deb aytdi AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Venesuelaga gumanitar yordam yetkazişdagi muammolar ortida.

Pompeoning ta'kidlaşiça, Venesuela hukumati gumanitar yordam yetkazilişini taqiqlaşi va çegaralarni yopişi bilan bölayotgan voqealarga xalqning közini oçdi.

AQŞ davlat kotibi AQŞ Lotin Amerikasi davlatidagi vaziyatga ta'sir qilişning barça variantlarini körib çiqayotgani va harbiy operatsiya ötkazilişi mumkinligini istisno qilmasligini aytgan.

Pompeoning qöşimça qilişiça, Vaşingtonda venesuelaliklarning porloq kelajagi va demokratiyaga huquqlari uçun barça işni qilişga tayyor.

Bundan taşqari, AQŞning Venesuelaga nisbatan keyingi qadamlari muxolifat yetakçisi Xuan Guaydoni qöllab-quvvatlaş va gumanitar yordam taqdim qilişdan iborat böladi.