Markaziy bank boşqaruvining qarori bilan Özbekiston Respublikasi banklarida oçiladigan bank hisobvaraqlari töğrisidagi yöriqnomaga özgartirişlar kiritildi.
Qayd etilişiça, hujjat Özbekiston Respublikasining “Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida”gi qonuni va Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritiş” yillik hisobotida Özbekiston Respublikasining reytingini yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.
Özbekiston Respublikasi banklarida oçiladigan bank hisobvaraqlari töğrisidagi yöriqnomaga kiritilayotgan özgartirişlar:
2-bandda:
birinçi xatboşidagi “bank hisobvaraqlarini” degan sözlar “hisobvaraqlarni” degan söz bilan almaştirildi;
“g” kiçik bandi öz kuçini yöqotgan deb topildi;
sakkizinçi xatboşi çiqarib taşlandi.
3-banddan “ssuda” degan söz çiqarib taşlandi.
8-bandning ikkinçi xatboşisidagi “rezident jismoniy şaxslardan iborat bölgan yuridik şaxsni” degan sözlar “Özbekiston Respublikasi rezidenti bölgan yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni” degan sözlar bilan almaştirildi.
8-1-banddagi “legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga” degan sözlar “legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga” degan sözlar bilan almaştirildi.
8-2-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
“8-2. Banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş böyiça moliyaviy çoralar işlab çiquvçi guruhning (FATF) talablaridan kelib çiqib, ariza beruvçilarni masofadan turib identifikatsiya qiliş uçun zarur bölgan şart-şaroitlar mavjud bölganda ta'sisçilari Özbekiston Respublikasi rezidentlari bölgan yuridik şaxslarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ularni davlat röyxatidan ötkaziş jarayonida milliy va çet el valutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib oçişi mumkin.
Bank hisobvarağini oçiş tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyişning avtomatlaştirilgan tizimida joylaştirilgan bank hisobvaraği şartnoma ofertasini akseptlaş yöli bilan amalga oşiriladi.
Mazkur yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tölovlar uşbu Yöriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq şaklda imzolar namunalari qöyilgan ikki dona varaqça hamda ular nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolaş vakolatiga ega şaxsning şaxsini tasdiqlovçi hujjati (pasport yoki uni örnini bosadigan hujjat) taqdim etilgandan söng, amalga oşirilişi mumkin. Şaxsni tasdiqlovçi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.”.












