Xitoyning Nubia kompaniyasi özidan smartfon va aqlli soat gibridini aks ettiruvçi Alpha qurilmasini taqdim qildi. Gadjet Barselonada ötayotgan MWC körgazmasida namoyiş qilindi.

Nubia Alpha brasletga örnatilgan egiluvçi displeyli qurilma bölib, OLED-ekran diagonali 4 dyuymni taşkil qiladi. Qurilma taqib yuriluvçi elektronikaga möljallangan Qualcomm Snapdragon Wear 2100 protsessorida işlaydi. Gadjetning tezkor xotirasi 1 Gbni, içki xotirasi esa 8 Gbni taşkil qiladi. 

Foto: skrenşot

Qölga taqiluvçi smartfonning batareyasi siğimi 500 mA-soatni taşkil qilsa-da, bu uni qayta quvvatlaşsiz 1-2 kun işlatişga yetadi. Qurilma 5 Mpli kamera bilan jihozlangan. 

Foto: skrenşot

Kompaniyaning özi işlab çiqargan operatsion tizimda işlovçi qurilma oddiy smart-soatlar kabi imkoniyatlar, jumladan qadamlarni sanaş, uyqu va pulsni monitoring qiliş funksiyalariga ega. Gadjetni ovozli buyruqlar va ekran ustidagi imo-işoralar yordamida boşqariş mumkin. Nubia Alpha’ning virtual SIM-kartaga ega eSIM versiyasi smartfonning örnini bosişi mumkin. Bunday qurilmalar foydalanuvçiga qönğiroqlarni amalga oşiriş va sms-xabarlar jönatiş imkonini beradi.

Nubia Alpha’ning Bluetooth va Wi-Fi’li versiyasi xalqaro bozorda 449 yevrodan taklif qilinadi. eSim versiyasining qora qoplamali varianti Xitoy bozorida 549 yevrodan, 18 qirotli oltin qoplamali varianti esa 649 yevrodan aprelda paydo böladi. Gadjetning bu versiyasi AQŞ va Yevropada 2-yarim yillikda sotuvga çiqariladi.