KXDR yetakçisi Kim Çen In Amerika yetakçisi Donald Tramp bilan uçraşuvda yadrosizlanişni amalga oşirişga tayyor ekanini yana bir marotaba tasdiqladi.

Bu haqda «Ryonxap» ma'lumot tarqatdi.

«Agar men buni xohlamaganimda, bu yerga kelmagan ham bölardim», - dedi u, amerikalik jurnalistning tegişli savoliga javob qaytarib.

Bundan taşqari, KXDR yetakçisi Kim Çen In, AQŞning Pxenyandagi muvofiqlaştiruv byurosini oçiş ehtimoli haqidagi savolga javob berib, bu qadam «ma'qullanişi» töğrisida aytib ötdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ KXDRga talablarni yumşatgani, Tramp şoşmaslik haqida va'da bergani xabar qilingandi.