Andijonda fuqaro “ikki bosqiçli” firibgarlik sxemasi qurboniga aylandi: firibgarlar aloqa kompaniyasi vakili, bank xodimi va Markaziy bank “podpolkovnigi” rolida “hujum va qayta hujum” usulidan foydalangan va uni 80 mln sömga çuv tuşirgan.
Iş tafsilotini firibgarlar va jabrlanuvçi örtasidagi suhbat qanday keçgan bölsa, şundayligiça taqdim qilamiz.
“VIP mijozimizsiz”
Ertalab çoği Nozim Egamovga (jabrlanuvçi ismi özgartirilgan) notaniş raqamdan qönğiroq bölgan. Kim ekana, deya öziga özi savol bergan Nozim aka yaşil tugmani bosgan. Qönğiroq qilgan şaxs rus tilida suhbatni boşladi:
- Assalomu alaykum. Bu Nozim Egamovmi?
- Ha.
- Sizni Beeline aloqa kompaniyasidan bezovta qilyapmiz. Siz bizning VIP mijozimiz ekansiz. Bundan buyon ham kompaniyamiz xizmatidan foydalanasizmi?
- Ha.
- U holda şartnoma muddatini uzaytirişimiz kerak böladi. Qayerda işlaysiz?.
- Qayerda işlaşimning sizlarga nima qiziği bor?
- Biz qayerda işlaşingizni bilişimiz kerak.
- Heç qayerda işlamayman!
Nozim aka jahli çiqqan holda içki bir şubha bilan iş joyini aytmaslikka qaror qilgan.
- Raqamingiz öçirilmasligi uçun şartnomani uzaytirişimiz kerak. Hozir sizga 5 ta raqamdan iborat kod boradi. Öşa kodni aytasiz.
Nozim aka şu nuqtada bu kiberfiribgarlar ekanini tuşungan va telefonning qizil tugmasini bosib suhbatni töxtatgan.
Öyin içidagi öyin
Aslida, bu suhbat firibgarlarning “ölja”ni asosiy qopqonga olib boruvçi harakati, yaʼni umumiy “strategiya”ning bir qismi edi. Ular “ölja” suhbatning ayni şu nuqtasida bu kiberfiribgarlik ekanini sezişini bilişgan. Ularga şu kerak bölgan.
Tuşdan söng ikkinçi bosqiç – “ölja”ni asosiy qopqonga tuşiriş harakati boşlangan. Nozim akaga yana bir notaniş raqamdan qönğiroq bölgan. Suhbat şunday keçgan:
- Assalomu alaykum. Men “Hamkorbank” kiberxavfsizlik bölimi mutaxassisi Malohat Yunusova bölaman. Siz Nozim Egamovmisiz?












