Içki işlar vazirligi Markaziy bank bilan hamkorlikda kiberjinoyatlarga qarşi maxsus tizim yaratgan. Bu haqda vazirlikning navbatdagi Hay’at yiğilişida aytib ötildi.
Vazirlik tizimida 2026-yil “Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş yili”, deb e’lon qilingan va uşbu yönalişda profilaktik tadbirlar keskin kuçaytirilgan.
Qayd etilişiça, Markaziy bank bilan hamkorlikda yaratilgan maxsus tizim yölga qöyilgani natijasida 29 trln söm pul noqonuniy ravişda çetga çiqib ketişining oldi olingan. Şuningdek, 18 838 ta jinoyatga aloqador bank kartalari bloklangan.
6 oyda jami 9 282 ta kiberjinoyat foş etilgan, 4 011 ta jinoyat taşabbus asosida aniqlangan. Bundan taşqari, 13 ming nafardan ortiq fuqarolarga yetkazilgan 120 mlrd 496 mln sömdan ziyod moddiy zarar qaytarilgan.

Yiğilişda amalga oşirilayotgan işlar yetarli emasligi tanqid qilingan. Xususan, uşbu yönalişda fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlarni har tomonlama va puxta örganiş, kiberjinoyatlarning sodir etiliş sabablari va ularga imkon berayotgan omillarni çuqur tahlil qiliş zarurligi ta’kidlangan.











