Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Dohada yakşanba kuni «Tolibon» harakati delegatsiyasi rahbari Baradar Oxund bilan uçraşdi va u bilan Afğonistondagi tinçlik jarayoni, şuningdek, Afğonistonga iqtisodiy yordam körsatiş masalasini muhokama qildi. Bu haqda toliblar vakili Zabiulla Mujohid xabar berdi, deb ma'lumot tarqatdi Interfaks.

Toliblarning OAV uçun bayonotida aytilişiça, Qatardagi muzokaralarda Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatilla Irgaşev ham iştirok etgan.

Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonda tinçlikka erişiş yölida hamkorlik qiliş va mamlakat iqtisodiy sektorida yordam körsatiş böyiça işlarni davom ettirişga tayyorligini bildirdi, deyiladi xabarda.

Şuningdek, rasmiy Toşkent vakillarining ma'lum qilişiça, Özbekiston «Afğonistonning içki işlariga aralaşişni istamaydi».

Oxund, öz navbatida, toliblar Özbekistonning tinç yöl bilan yeçim topişga qaratilgan sa'y-harakatlarini ma'qullaşi haqida ma'lum qildi va Afğonistonni iqtisodiy jihatdan qöllab-quvvatlayotgani uçun minnatdorçilik bildirdi.

Tojikiston Afğoniston bilan çegaradagi vaziyatdan taşvişda