Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatdan tashvishda
Tojikiston Chegara xizmati Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan Afg‘onistonning shimoliy viloyatlarida 6 mingdan ortiq xorijiy jangarilar to‘plangani haqida ma'lum qildi. Bu haqda 26 fevral kuni, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya va Afg‘oniston chegara idoralari rahbarlari mintaqaviy yig‘ilishida aytildi.
Tojikistonlik amaldor Afg‘onistonning Badaxshon, Qunduz va Tahor viloyatlarida terrorchilik guruhlari to‘planib borayotganidan tashvish bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chegara hududlarida 16 ming 770 jangari mavjud, shundan 6 ming 370 nafari - chet ellik yollanma shaxslar. «Ular 36ta terrorchilik tayyorgarlik lagerlarini tashkil qildi. Asosan, bu «Tolibon», «Ansorulloh», «Turkiston islomiy harakati» va IShID», - dedi Tojikiston chegara qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Rajabali Rahmonali.

Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibi Abdurahim Qahhorovning aytishicha, terrorchilik guruhlari bahor boshlanishi bilan faollashadi, shuning uchun mintaqadagi davlatlar xavfsizlik idoralari hamda chegarachilari bu yo‘nalishdagi hamkorlikni mustahkamlashi kerak.
Afg‘onistonning Tojikiston bilan davlat chegarasi umumiy uzunligi 1344 km.ni, Turkmaniston bilan esa 804 km.ni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026