Xitoyning eng qidiriluvçi qoçoq korrupsiyaçilaridan biri Li Tszyansyun xorijda 17 yil yaşirinib yurgandan keyin köngilli tarzda hukumatga taslim böldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Foşan şahrining Nanxay tumanida köçmas mulk bitimlari bilan şuğullangan sobiq amaldor Li Tszyansyun korrupsiyada ayblanmoqda. Nanxay tumani prokuraturasi uşbu iş böyiça tergovni 2002 yilda Li xorijga koçib ketgandan 2 oy keyin boşlagan. U 2003 yil mayida Interpolning eng köp qidiriluvçi kişilari röyxatiga kiritilgan.
Li 2019 yil 1 mart kuni Xitoy mutasaddi idoralariga taslim bölgan va qilgan işidan puşaymonligini hamda xorijga noqonuniy olib çiqib ketgan barça öğirlangan mablağlarni qaytariş istagini bildirgan.








