«Advokat» jurnali boş muharriri tomonidan davlat sirlarining aniq röyxatini şakllantiriş böyiça taklif bildirildi. Unga köra, «davlat sirlari deganda, aynan qaysi axborotlarning nazarda tutilişi mavhum» va bu jurnalistlar uçun noqulaylik paydo qiladi.
5 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida jurnalistika sohasiga oid huquqiy-normativ aktlarga özgartiriş kiritiş orqali ularni takomillaştiriş böyiça davra suhbati muhokamalari bölib ötmoqda. Yiğilişda iştirok etayotgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, jurnalist ma'lumot oliş uçun taşkilotlarga murojaat qilganda, turli vajlar bilan sörov rad etilişi ma'lum qilingan.
«Ba'zi masalalar böyiça ma'lumot oliş uçun taşkilotlarga murojaat qilganimizda, «bu axborot faqat idoraviy foydalaniş uçun, ommalaştirilmaydi», degan gaplar, hatto «bu davlat siri», degan javoblarni ham eşitamiz. Bunday vaziyatda jurnalist nima qila oladi?», — deb davraga savol taşlagan «Advokat» jurnali boş muharriri Nurbek Toşniyoz.
Şu tufayli, jurnal boş muharriri davlat siri tuşunçasiga aniq izoh berib, röyxatni şakllantirişni taklif qildi.

Amalda şunday holat yuqori lavozimda işlagan sobiq amaldorlarga nisbatan olib borilayotgan tergov, sud işlarida yuz beradi. Şuningdek, Özbekiston ijtimoiy-iqtisodiy parametrlari, ayrim raqamlar hanuzgaça sir saqlanadi.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari - Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov Özbekiston oltin zaxirasi töğrisidagi ma'lumotlar tez kunlarda e'lon qilinişini ma'lum qilgandi. Uning aytişiça, Özbekiston oçiq jamiyat şaroitida yaşaşni örganmoqda.
«Hukumat barça bloklarda, xususan iqtisodiyot bloki haqida gap ketganda, doimiy ravişda hamma ma'lumotlarni oçiq-oydin e'lon qiliş tartibiga ötdi. Hozirça berkitilgan heç nima qolmadi», —degan u.












