Ommaviy axborot vositalari xabarlariga köra, Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining navbatdagi majlisida davlat ayblovçisi sudlanuvçi Raşid Qodirovga yangi ayblov e'lon qilgan.
Ayblov aynan nimalardan iboratligi aniq emas, çunki bu haqda rasmiy ma'lumot berilmayapti.
2000 yil 18 fevralidan 2015 yilning 12 apreligaça Özbekiston boş prokurori bölgan Raşid Qodirov 2018 yilning 22 fevralida Toşkentda hibsga olingan edi.
2018 yilning may oyida prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida ötkazilgan yiğilişda sobiq boş prokurorning özi televideniye orqali korrupsiya, «kulrang sxemalar» va hokazolar haqida gapirib berişini aytib ötgan edi.

2018 yilning iyun oyida esa Oliy Majlis Senatining 15-yalpi yiğilişida Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Otabek Murodov çiqiş qildi. U öz çiqişida sobiq boş prokurorga nisbatan qözğatilgan jinoyat işiga izoh berib ötgandi. Otabek Murodov hozirgi paytda Raşid Qodirov va boşqalarga nisbatan jinoyat işi tergov qilinayotgani, Jinoyat protsessual qonunçiligiga asosan, tergov siri sifatida, hammasini oşkor etolmasligini aytib ötgan edi.
U Şavkat Mirziyoyev tutgan siyosat «sobiqlar»ni qamaşdan iborat emasligini qöşimça qilgandi.
«Yetkazilgan zararni qoplagan ayblanuvçilarga nisbatan garov ehtiyot çorasi qöllanilib, ular ozodlikda yuribdi», degandi u.
2018 yilning 19 dekabrida Xalqaro press klubning huquq-tartibot organlari iştirokida ötkazilgan sessiyasida jurnalistlar tomonidan Özbekistonning sobiq boş prokurori Raşid Qodirov işi böyiça yangi tafsilotlar haqida ma'lumot beriş söralgan edi.
«Özbekiston Respublikasining sobiq boş prokurori Raşid Qodirovga nisbatan jinoyat işi böyiça tergov jarayoni yakunlaniş arafasida. Bu jinoyat işi yakunlari böyiça ma'lumotlar batafsil yetkaziladi. Buni mamlakatimiz rahbari ham bir neça bor takrorlagan. Demak, jinoiy işning natijalari keng ommaga oşkor qilinadi. Heç narsa sir tutilmaydi. Qonun oldida barça barobar. Katta mansabdor şaxsmi, kiçikroq mansabdormi, barça özining xatti-harakatlari uçun tegişli jazosini oladi», —











