Maktabgaça ta'lim vazirligida bolalar uçun yana bir telekanal taşkil etiş va taniqli koreys teleradiokompaniyasi - EBS bilan hamkorlikda zamonaviy ta'lim media–kontentlari yaratiş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Foto: Maktabgaça ta'lim vazirligi matbuot xizmati

Maktabgaça ta'lim vazirligida Koreyaning ta'lim teleradiokompaniyasi EBS vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv çoğida bolalar uçun ta'lim telekanali taşkil etiş istiqbollari,  maktab yoşigaça bölgan bolalar uçun zamonaviy ta'lim media–kontentlari  yaratiş imkoniyatlari,  şuningdek malakali media–mutaxassislar tayyorlaş masalalari muhokama qilindi. Uçraşuvda şuningdek ta'limiy dasturlar saqlanuvçi data– markaz taşkil etiş, MTV mutaxassislarining Koreyaning ta'limiy dasturlar uzatuvçi tizimida amaliyot ötaş  imkoniyatlarini körib çiqiş haqida söz bordi.

MTV Boş boşqarma boşliği Yelena Ten sözlariga köra, vazirlik EBS mutaxassislarining şunçaki köngiloçar emas, balki interaktiv ta'lim kontentlarini yaratişdagi tajribasiga e'tibor qaratmoqda. 

«Biz kontentlar faqat köngiloçar bölişi va bolalar kun böyi televizor qarşisida vaqt ötkazişini istamaymiz. Ammo MTMga çiqmaydigan bolalar uçun telekanal uy şaroitida sifatli kontentga ega böliş imkoniyatini beradi, MTM bolalari uçun esa u rivojlaniş jarayonidagi qöşimça imkoniyatdir. Muzokaralar axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion Markazini ham taşkil etişni közda tutgan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi 3955–sonli Qarori doirasida amalga oşirilmoqda. EBS vakillari   mana şunday zamonaviy markaz barpo etişda bizga yordam berişlari mumkin», - dedi Yelena Ten.

Ma'lumot uçun: EBS 1980 yilda taşkil etilgan bölib, ayni kunda Koreya Respublikasining yetakçi kanallaridan biri hisoblanadi. EBS öz içiga 8ta telekanal va qator Youtube kanallarini olgan. YeVS «Pororo» personaji, şuningdek, «Ledi Bag va Super-muşuk», «Vrumiz» mulseriallari muallifi hisoblanadi.

2019 yil aprel oyida özaro anglaşuv memorandumi imzolanişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda yangi telekanal taşkil etiş taklif qilingandi.