Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5 mart kuni kömir qazib oliş tarmoğini barqaror rivojlantiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi. 

«Kömir sanoati energetika ta'minotining ajralmas qismi bölib, iqtisodiyot tarmoqlari, aholining ijtimoiy hayoti bilan boğliq muhim sohalardan biridir. Yurtimizda har yili xonadonlarga 1 million tonna, ijtimoiy soha obektlariga 400 ming tonna kömir yetkazib beriladi. Yangi Angren va Angren issiqlik elektr stansiyalarida energiya işlab çiqariş uçun 4 million tonna kömir yoqiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişda konlarning salohiyati yuqori bölsa-da, keyingi yillarda kömir qazib çiqariş rejalari bajarilmayotgani, tarmoqdagi tizimli muammolar bartaraf etilmagani körsatib ötildi. 

Masalan, konlardagi texnika va texnologiyalar eskirgan. Asosiy xomaşyo bazasi bölgan Angren konida kon oçiş işlari ortda qolgan. Karerlarning qiyalik burçagi belgilangan me'yordan oşib, qaziş işlari xavfli darajaga yetgan. 

Şu kabi masalalarni tez va samarali hal etiş uçun «Özbekkömir» aksiyadorlik jamiyatini professional taşqi boşqaruvga beriş möljallanmoqda.

Yiğilişda Angren konidagi holatni yaxşilaşga qaratilgan işlarni samarali taşkil etiş çora-tadbirlari belgilandi. 

Angren konini rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş, unda iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yaqin va uzoq istiqbolda kömirga böladigan talabini maksimal darajada qoplaşni nazarda tutiş zarurligi ta'kidlandi. 

Prezident «Özbekkömir» aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy barqarorligini oşiriş masalasiga alohida e'tibor qaratdi. Moliya va Energetika vazirliklariga kömir narxi tariflarini optimallaştiriş, tarmoqning rentabelligini oşirib, investitsiya xarjatlarini qoplaş böyiça topşiriqlar berdi.

Kon oçiş işlarini samarali taşkil etiş uçun transport vositalari parkini yangilaş lozimligi qayd etildi. Mutasaddilarga zarur samosval va boşqa maxsus texnikalarni eng maqbul takliflar asosida xarid qiliş vazifasi qöyildi. 

Şuningdek, qazib oliş işlariga jalb qilingan, lekin bugungi kunda şart bölmagan texnikalardan voz keçib, işlab çiqariş xarajatlarini kamaytiriş çoralarini köriş böyiça körsatmalar berildi. 

Angren konining janubiy çegarasiga yaqin joyda yaşayotgan aholining xavfsizligini ta'minlaş masalalariga ham e'tibor qaratildi.