“Özbekkömir” AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalar paketini “Central Asia Energy” MÇJ xorijiy kompaniyasiga (Qozoğiston) işonçli boşqaruvga beriş muddati 2025 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.

Kun.uz manbasiga köra, 2023 yilning sönggi iş kuni – 29 dekabrda Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi 689/8-son qarori yopiq tarzda qabul qilingan.

Qarorda körsatilişiça, işonçli boşqaruv muddatini uzaytiriş taklifi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (davlat nomidan aksiyador), Energetika vazirligi hamda Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan kiritilgan.

“Özbekkömir” AJdagi davlatga tegişli aksiyalar paketi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 noyabrdagi 909-sonli va 2019 yil 14 dekabrdagi 998-sonli yopiq qarorlari bilan “Central Asia Energy”ga işonçli boşqaruvga berilgan edi.

Hukumatning 2022 yil 6 oktyabrdagi 574-sonli qarori bilan, şartnomaning amal qiliş muddati 2023 yil 31 dekabrgaça uzaytirilgandi. Endilikda bu muddat 2025 yil 31 dekabrgaça çözildi.

Qarorda körsatilişiça, işonçli boşqaruv davrida “Özbekkömir” AJ tomonidan kömir qazib çiqariş hajmi 2019 yilga nisbatan 2022 yilda 3 807,6 ming tonnadan 5 073,9 ming tonnaga, kaolin xomaşyosi işlab çiqariş hajmi 377,2 ming tonnadan 815,6 ming tonnaga, sof tuşumlar hajmi 485,1 mlrd sömdan 1 036,5 mlrd sömga, soliq tölovlari 125,8 mlrd sömdan 270,3 mlrd sömga oşgan.

“Özbekkömir” AJ matbuot kotibi Ne’mat Duşayev Kun.uz'ga bergan izohida işonçli boşqaruv muddati uzaytirilgani korxona faoliyatiga oid körsatkiçlardagi uşbu ijobiy özgarişlar bilan boğliqligini bildirdi.

Eslatib ötamiz, 2019 yildagi hukumat qarori bilan, işonçli boşqaruvçiga 2024 yil 1 yanvarga qadar bir qator imtiyozlar berilgan edi. Jumladan, Qozoğiston kompaniyasi yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği, litsenziyalaş va sertifikatlaş bilan boğliq tölovlar, yiğimlar va davlat bojlari hamda bojxona bojlarini tölaşdan ozod qilingandi.

Şuningdek, “Özbekkömir” AJga ham soliq va bojxona imtiyozlari berilgandi.