«Özbekkömir» AJ «Angren» kömir konida sodir bölgan köngilsiz hodisa töğrisida ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, 5 mart kuni soat 10:15 larda «Angren» kömir konida «BelAZ» rusumli avtoağdargiç toğ jinslarini tökiş vaqtida orqaga sirpanib, ağdarilib ketgan va yonğin röy bergan.
«Özbekkömir» aksiyadorlik jamiyati öt öçiruvçilari voqea joyiga tezlik bilan yetib kelgan va yonğin töliq öçirilgan.
Hodisa oqibatida oğir tan jarohati olgan haydovçi A.Ahmadjonovga korxona tibbiy bölim xodimlari tomonidan birinçi yordam berilgan va u şoşilinç ravişda şahar markaziy şifoxonasiga yetkazilgan. Ammo körsatilgan tibbiy yordamga qaramay, haydovçi şifoxonada vafot etgan.
Hozirda kömir konida röy bergan hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiliş idoralari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.








