Eng kam iş haqining 20 baravaridan kam bölgan kunlik örtaça naqd pul tuşumiga ega xöjalik yurituvçi sub'yektlar naqd pul tuşumini bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali özlari belgilaydigan davrlarda yoki mustaqil ravişda topşiriş huquqiga ega​ böldi. Bu haqda Prezident farmoniga tegişli özgartiriş, qöşimçalar kiritildi va hujjatdagi ayrim bandlar öz kuçini yöqotdi.

Eski tahrirda «barça çakana savdo korxonalari, şuningdek, aholiga xizmat körsatuvçi korxonalar tuşgan naqd mablağlarni har kuni bank muassasalariga topşirişlari şart»ligi belgilangandi.

«Uşbu talabni buziş tuşumni yaşiriş deb baholansin va aybdorlarga nisbatan amaldagi qonunlarga muvofiq jazo çoralari qöllanilsin»,​ —​ deya ta'kidlangandi hujjatning eski tahririda.

Şuningdek, Prezident boşqa farmonida «ulgurji savdo korxonalariga özining firma dökonlari orqali naqd pulga mayda ulgurji va çakana savdoni amalga oşirişga nazorat-kassa maşinalaridan foydalaniş va naqd tuşumni belgilangan tartibda inkassatsiya qiliş şarti bilan ruxsat» berilişi belgilangan bölib, ​«inkassatsiya qiliş» sözlaridan keyin «(banklarga topşiriş)» sözlari bilan töldirildi.

Xuddi şunday töldiriliş «Naqd pul muomalasini takomillaştiriş va bankdan taşqari aylanmani qisqartiriş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori» hujjatida ham aks etadi. 

​Bundan avval, Kun.uz Markaziy Bank inkassatsiya xizmatlarini xususiy sektor bilan bölişişga tayyorlan​ayotgani haqida yozgandi.