Rossiyaning MTS mobil operatori AQŞning qimmatbaho qoğozlar va birjalar komissiyasi va adliya vazirligi bilan Özbekistondagi sobiq şö'ba korxonasi atrofidagi tergov yuzasidan kelişuv tuzdi va bu kelişuv doirasida 850 mln dollarlik jarima tölaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatida xabar qilindi.

Kompaniyada ta'kidlanişiça, kelişuv MTSning 2004 yildan 2012 yil örtalarigaça Özbekistonda olib borgan faoliyati bilan boğliq tergovga nuqta qöyadi. Kompaniya jarimani bu maqsadlar uçun zaxiralangan mablağlardan tölab beradi. 

2015 yil bahorida AQŞ adliya vazirligi Niderlandiya prokuraturasi bilan birgalikda Vimpelcom, MTS va TeliaSonera kompaniyalarining Gulnora Karimova bilan aloqasi borligi ta'kidlanadigan Takilant kompaniyasi bilan bitimlari yuzasidan tergov boşlagan. Öşa yil avgustida AQŞ hukumati Yevropaning 5 ta davlatiga uşbu iş böyiça bir mlrd dollarlik aktivlarni muzlatib qöyiş iltimosi bilan murojaat qilgan.

Tergov versiyasiga köra, aloqa operatorlari korrupsiyaviy sxema yordamida Gulnora Karimova bilan boğliq tuzilmalarga Özbekiston bozoriga çiqiş, çastotalar oliş va boşqa bitimlarni amalga oşiriş huquqi evaziga yuzlab million dollar ötkazişgan. 2016 yilda Vimpelcom uşbu iş doirasida 795 mln dollar tölab bergan.