10 mart, yakşanba kuni Qöşma Ştatlar yoritiş uçun sarflanadigan energiyani tejaş maqsadida qişki vaqtdan yozgi vaqtga ötdi.
Mahalliy vaqt bilan 2:00ni (Toşkent vaqti bilan soat 12:00) körsatayotgan soat körsatkiçlari 1 soat ortga qaytarildi. Endi Toşkent va Vaşington örtasidagi vaqt farqi avvalgi kabi 10 emas, 9 soatni taşkil etadi. AQŞ qişki vaqtga ötgan yilning noyabrida ötgandi.
Vaqtni özgartiriş barça ştatlar uçun majburiy hisoblanmaydi. Xususan, bu Arizona va Havayi, Puerto-Riko, Virjin orollari, Guam, Şimoliy Mariana orollari va Amerika Samoasi uçun amal qilmaydi.
AQŞda yozgi vaqt ilk marta 1918 yilda mamlakatning 28-prezidenti Vudro Vilson (1856-1924) farmoyişi bilan joriy qilingan. Ammo bir yil ötib qonun çiqaruvçilar bu özgarişga qarşi bölişgan. Faqat 1966 yilga kelibgina AQŞda tegişli qonun qabul qilingan.
AQŞ Kongressi qarori bilan 2007 yilda boşlab noyabrning birinçi yakşanbasidan qişki vaqt, martning birinçi yakşanbasidan boşlab esa yozgi vaqt kiradigan bölgan.
Bugun şuningdek, Kanada ham yozgi vaqtga ötdi.








