Sport | 11:26 / 11.03.2019
8905
2 daqiqa o‘qiladi

Qatar mundialni qo‘lga kiritish uchun FIFAga pora berishda gumon qilinmoqda

Foto: Christian Hartmann / Reuters

Katar rahbariyati FIFA bilan umumiy qiymati 880 mln dollarlik shartnomalar tuzgan, bu summa mamlakatda 2022 yilda futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritish uchun berilgan pora bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Times nashri o‘z tasarrufidagi hujjatlarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.    

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Qatarning “Al-Jazira” telekompaniyasi JCh-2022’ni o‘tkazuvchi mezbon davlat tanlanishidan 3 hafta oldin FIFA bilan 400 mln dollarlik shartnoma imzolagan. Bu shartnomaga 2015 yildan boshlab 8 yilga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada futbol uchrashuvlarini ko‘rsatish huquqi hamda Qatar g‘alabaga erishsa FIFA uchun yana qo‘shimcha 100 mln dollar bonus to‘lash kirgan.

3 yildan keyin FIFA va “Al-Jazira”ning sho‘'ba korxonasi beIN bilan 480 mln dollarlik yana bir shartnoma imzolangan. Shu vaqtda Maykl Garsiya boshchiligidagi komissiya FIFAda korrupsiya holati bo‘yicha tergov olib borgan. Garsia bitim haqida to‘liq hisobotni e'lon qilishni talab qilgan, biroq FIFA bundan bosh tortgan. FIFA shu kungacha bunga rasmiy izoh bermagan.

“Al-Jazira” Qatar shayxi Hamad bin Halifa Ol Soniyga tegishli hisoblanadi

Avvalroq ham Qatarning jahon chempionatini o‘tkazish arizasi yuzasidan korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganligi bo‘yicha ayblovlar bildirilgan. FIFA ikki yil davomida tergov olib borgan, biroq natijada ayblovlar olingan.

Mavzuga oid